Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kecha, 19 noyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.