Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Kafil shou”dan yutuqqa chiqqan “Tracker” avtomashinasi egasiga olib berildi

Milliy telekanallarimizda efirga uzatiladigan turli o‘yinlar, tok shou ko‘rsatuvlarda qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rib, kuzatmoqdamiz.

Uy, mashina… Bu kabi sovrinlarni qo‘lga kiritganlarga ko‘pchilik havas ila boqishadi. Ammo ular qo‘lga kiritgan yutuqlarini osonlik bilan qo‘lga kiritmoqdami? Savolga javob berishdan avval O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga kelib tushgan bir murojaatni keltirib o‘tsak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatda ohangaronlik Shaxriyor Abrorov 23.07.2019 yilda “Mahalla” telekanalida Sug‘urta kompaniyasining “Kafil shou” ko‘ratuvida ishtirok etib, “Tracker” avtomashinasini yutib olganini ammo hanuzgacha yutug‘ini ololmayotganidan norozilik bildirgan.

Ushbu murojaat O‘zbekiston Iste’molchilar huqularini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. Federatsiya mutasaddilari Kafil sug‘urta kompaniyasiga borib, holatga aniqlik kiritishdi.

Qilingan sa’y harakatlar natijasida Sh. Abrorovga “Tracker” avtomashinasi tezkorlik bilan olib berildi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi mana shunday holatlarda o‘z huquqlaringizni himoya qilishni unutmaslikka chorlaydi.