Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin kunlarida Samarqandda qancha xorijlik fuqaro qolib ketgan?

2020 yil 12 aprel holatiga Samarqand shahridagi 21 ta  mehmonxonada 11 davlatdan 51 nafar xorijlik fuqarolar bo‘lib turibdi. Shundan 40 nafari (16 ta mehmonxonada xizmat safari ish faoliyati yuzasidan), 7 nafari (1 ta mehmonxonada) qarindoshlarini ko‘rish uchun va qolgan 4 nafari (4 ta mehmonxonada) turistik maqsadda Samarqand shahriga kelgan.

Turistik maqsadda bo‘lib turgan xorij fuqarolari respublikamiz hududidan chiqib ketish bo‘yicha o‘z davlati elchixonalari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, xorij fuqarolaridan ular yashab turgan mehmonxona tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona)  yig‘imi 2020 yil 1 apreldan 1 iyulga qadar hisoblash va to‘lash to‘xtatilgan.

Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati.