Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on shahri va Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyalariga boshliq tayinlandi

Ashurov Damir Kamolovich – Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ashurov Damir Kamolovich

D.Ashurov 1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2002 yil Toshkent soliq kolleji, 2008 yil Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002 yilda Samarqand viloyati Temiryo‘l hududi davlat soliq inspeksiyasi nazoratni amalga oshirish sho‘’basi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

***

Yadgarov Javlon Safarovich – Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.

Yadgarov Javlon Safarovich

J.Yadgarov 1986 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2007 yili Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan. Ish faoliyatini Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi tashkiliy-inspektorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida mehnat qilgan.