Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusga chalinganlar qayta yuqtirishi mumkinmi?

➖ Men 2 oy oldin COVID-19 bilan kasallanib shifoxonada davolanib chiqdim. Qaytadan kasallanishim mumkinmi?

Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov javob berdi.

➖ Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda turg‘un immunitet shakllanadi.

Ba’zi olimlarning fikricha, turg‘un immunitet 2 oygacha, oxirgi izlanishlarga ko‘ra, olti oygacha saqlanib qolishi aniqlangan.

Tadqiqotlarda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari tasdiqlanmagan.