Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusga qarshi vaksinaning taxminiy narxi e’lon qilindi

AQShning Moderna biotexnologik kompaniyasi COVID-19ga qarshi bir bosqichli emlashga 50-60 dollar, ya’ni har bir muolaja uchun 25-30 dollar atrofida narx belgilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times nashri ma’lum qildi.

Nashr taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, bunday narx aholi daromadi yuqori bo‘lgan AQSh va boshqa davlatlar uchun belgilanishi kutilmoqda.

Nashriyotning ta’kidlashicha, yuqorida ko‘rsatilgan narx o‘zgarishi mumkin. Sababi, o‘tgan haftada AQSh hukumati bilan vaksina yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTtech kompaniyalari o‘z vaksinalari narxini bir martalik muolajasi uchun 19,5 dollar qiymatida belgilagan.

Moderna kompaniyasining vaksina dasturiga AQSh federal hukumati homiylik qilmoqda. Hukumat ushbu dasturga 500 million dollarga yaqin mablag‘ ajratdi va kompaniya vaksinasini asosiy nomzod vaksinalardan biri sifatida ko‘rmoqda.