Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”

Past Darg‘om tumanidagi “Maroqand neft bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tashkil etilgan tadbir shunday nomlandi.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda so‘z olgan tuman prokurorining yordamchisi Z.Rasulov, tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi N.Gubayev va yetakchi mutaxassis Sh.Ro‘zinazarovlar  korrupsiyaning davlat va jamiyatga zarari, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning oldini olish, bu borada qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berdi.

– Hozirgi kunda korrupsiya dunyo miqyosida global muammolardan biriga aylangan, – deydi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati yuridik departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Erkin Mamanov. – Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Shu bilan birga inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad avvalo, tizimda ishlayotgan xodimlarning huquqiy bilimi, ongi va madaniyatini oshirish, ularda javobgarlik hissini shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni rivojlantirishdan iborat.

Aziz SALOHIDDINOV.