Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalliy kengashlar faoliyati sessiya ishida muhokama qilinadi

Ertaga, 22 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibidan Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni o‘rganish yakunlari to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar joy olgan.

Sessiya onlayn tarzda tashkil etiladi va unda Senat raisi o‘rinbosari Z.Nizomxo‘jayev, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi T.Madumarov ishtirok etadi.