Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Elmurodov sayyor qabullar o‘tkazadi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i  Ulug‘bek Elmurodov 4 aprel soat 10:00 dan 16:00 gacha Samarqand shahri aholisi uchun Byuroning viloyat boshqarmasi binosida sayyor qabul o‘tkazadi, deb xabar bermoqda majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Shuningdek, sayyor qabullar:

5 aprel soat 10:00 dan 16:00 gacha Tayloq tumanida “Charog‘bon” MFY, A.Temur ko‘chasidagi 29-sonli musiqa maktabi binosida;

6 aprel soat 10:00 dan 16:00 gacha Jomboy tumani “Toshkent” MFY, 10-sonli musiqa maktabi binosida;

8 aprel soat 10:00 dan 16:00 gacha Bulung‘ur tumani, Dulanazor ko‘chasi, 1-uy, 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosida bo‘lib o‘tadi.