Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktab bitiruvchilariga attestatning elektron shakli 15 iyunga qadar yetkaziladi

Hududiy ta’lim boshqarmalari joriy yiling 5 iyuniga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholarni attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritishi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirishi lozim.

Boshqarmalar joriy yilning 15 iyuniga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkazadi.

Tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilgunga qadar barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasasida saqlab turiladi.

Karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar o‘z egalariga topshiriladi.