Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mardikor bozori bo‘lmaydi

Samarqand shahar S.Ayniy ko‘chasida joylargan viloyat “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining bino va inshootlari yer maydoni bilan birga Samarqand shahar hokimligi balansiga o‘tkaziladi va bu yerda mehnat bozori tashkil etiladi. Bu vazifa O‘zbekiston  Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilish bayonida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda shahardagi S.Ayniy ko‘chasida kishilar vaqtinchalik ish bilan band bo‘lishi uchun chiqadigan mardikor bozori mavjud. Bu joydagi tartibsizlik, transport vositalari o‘tishiga noqulaylik ancha vaqtdan buyon aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.