Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Mash’al» tarbiyalanuvchisi 100 million so‘m xayriya qildi

«Mash’al» PFK tarbiyalanuvchisi, Muborak axborot texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida tahsil olgan futbolchi Otabek Shukurov karantin vaqtida muhtoj oilalarga yordam berish uchun 100 million so‘m xayriya qildi.

BAAning «Sharja» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi O.Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga yordam berish maqsadida 100 million so‘m ajratdi.

Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Otabek kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, ularni karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga tarqatmoqda.