Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mashhur 7 futbolchi "Real"ni tark etadi

"Qirollik klubi" safida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

"El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, Zinedin Zidan va Florentino Peres jamoaning kelasi mavsum uchun ehtimoliy tarkibini muhokama qilib chiqdi. 

Muhokama chog‘ida aytilishicha, klubni yozda himoyachilar Marselo va Alvaro Odriosola, yarim himoyachilar Luka Modrich va Xames Rodriges, shuningdek, hujumchilar Garet Beyl, Mariano Dias va Luka Yovich tark etadi.

Xabaringiz bor, ayni paytda koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya chempionati bahslari ham to‘xtab qolgan. Turnirning qayta boshlanish sanasi hozircha ma’lum emas.

Husan Eltoyev tayyorladi.