Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maxsus ruxsatnomani Samarqand shahar davlat xizmatlari markazidan olish mumkin

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel 00:01 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida viloyatlararo, Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida barcha turdagi avtotransport vositalari, shu bilan birga shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi to‘xtatildi.

Bunda faqatgina maxsus ruxsatnoma asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.

Xo‘sh, maxsus ruxsatnomani qayerdan olsa bo‘ladi?

Maxsus ruxsatnoma Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi. Xususan, bu amaliyot Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida amal oshirilmoqda.

Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart kuni soat 09:00 dan amaliyotga joriy etildi.

- Maxsus ruxsatnoma markazga tashrif buyurishdan oldin telefon qilib, ma’lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng qabul qilinadi. Avvaldan ro‘yxatdan o‘tmagan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.

Birinchi navbatda oziq ovqat va dori-darmon tashuvchi yuridik shaxslarning, keyin esa jismoniy shaxslarning arizalari qabul qilinadi.

Maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boshqa avtotransport vositalari faqatgina ushbu muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq holda harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qatiyan man etiladi va tartib buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Maxsus ruxsatnomani olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Hozircha ruxsatnomani olish uchun:

- fuqarolik pasporti;

- avtomototransport texnik pasporti;

- tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya;

- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;

- xodimning mehnat daftarchasi yoki lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq.

Hurmatli fuqarolar!

Hozirda karantin e’lon qilinganligiga qaramasdan, Samarqand shahar davlat xizmatlari markaziga juda ko‘p fuqaro kelayotganligini inobatga olgan holda, markaz faqat Sizlarning hujjatlaringizni qabul qilish bilan cheklanadi. Shu sababli to‘g‘ri tushungan holda, hujjatlaringizni Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi xodimlariga topshirib ketishingiz so‘raladi.

Ruxsatnoma faqat "Davlat belgisi" DIChB tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnomalar blanklari tayyorlanganidan so‘nggina, belgilangan tartib bo‘yicha beriladi. Bu haqda markaz xodimlari Sizlarni telefon orqali xabardor qiladi.

Samarqand shahar DXM manzili: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 155 A - uy. Telefon: (66) 237-70-39.

Mo‘ljal: «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi.