Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mehnat huquqlaringiz buzilayaptimi? Adliya vazirligining onlayn so‘rovi

Sizning mehnat huquqlaringiz buzilayaptimi? Oylik maoshingiz vaqtida berilmayaptimi? Ish haqingizdan roziligingizsiz ushlab qolinayaptimi? Ish vaqtidan ortiq yoki dam olish va bayram kunlari ishlashga jalb qilinayapsizmi?

Endi bunga barham berish vaqti keldi!

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida respublika miqyosida xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn tarzda anketa so‘rovi o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur so‘rovda anonim yoki shaxsingizni ko‘rsatgan holda ishtirok etishingiz mumkin. Shaxsini ko‘rsatgan ishtirokchilarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan choralar ko‘riladi.

So‘rovda ishtirok etish uchun havolalar:

Anonim tarzida so‘rovnomada qatnashish: https://forms.gle/9GipeTSkar8KH5TE7

Shaxsingizni ko‘rsatib, murojaat tarzida to‘ldirish: https://forms.gle/zwYtc7JszrprJDqp9