Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskvadagi harbiy paradda qatnashgan o‘zbekistonlik harbiylar yo‘lboshchisi Ishtixon farzandi

24 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi. Paradda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Toshkent harbiy okrug qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Shokir Xairov  boshchiligidagi harbiylar ishtirok etishdi.

Sh.Xairov 1982 yil Ishtixon tumanida dunyoga kelgan. 1999 yil Ishtixon shahridagi 35-o‘rta maktabda o‘qigan. Sh.Xairov maktabni tugatgach, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilib, Toshkent Oliy Harbiy Qo‘mondonlik oliygohida tahsil oldi. Keyinchalik O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z xizmat burchini a’lo darajada bajarib kelmoqda. Yaqinda unga polkovnik unvonini berishdi. Harbiy yigit a’lo xizmatlari uchun ko‘pgina mukofotlar bilan taqdirlangan.

Do‘stimning 1999 yil 11-sinfni bitirayotganimizda aytgan so‘zlari xotiramga o‘rnashgan. U ustozlarning “Kelajakda kim bo‘lmoqchisan”, degan savoliga hech ikkilanmasdan “Harbiy bo‘laman!”, deb javob qaytargan edi. Barakalla, sinfdosh! Bolalikda o‘z oldingga qo‘ygan maqsadinga erishishing uchun astoydil intilding. Biz sen bilan faxrlanamiz!

Sherzod YuLDOShEV.