Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpaydagi magistral gaz quvurining 1-tarmog‘i ishga tushdi

Avval xabar qilinganidek, Samarqand viloyati Zirabuloq magistral gaz quvurining 1- va 4-tarmoqlarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Zirabuloq magistral gaz quvurining 1-tarmog‘ida olib borilgan ta’mirlash ishlari yakunlandi va bugun soat 14.00 da ishga tushirildi. Ayni damda iste’molchilarni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.

“O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, gaz quvurining 4-tarmog‘ida ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.