Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Navalniy o‘zining zaharlanishida Putinni aybladi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy komadan uyg‘onganidan so‘ng birinchi marta Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga intervyu berdi. U intervyuda o‘zining zaharlanishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘li borligini ta’kidladi. Bu haqda Radio Sputnik nashri xabar berdi.

“Men qat’iy ta’kidlayman, bu jinoyat ortida Putin turgan. Men bu jinoyatning boshqa sababini ko‘rmayapman”, deya ta’kidladi Navalniy.

Ma’lum qilinishicha, Navalniy jurnalistlar bilan deyarli ikki soat suhbatda bo‘lgan. U o‘zining Rossiyaga qaytish rejasi borligini ma’lum qilgan.

“Mening hozirgi ishim – qo‘rqmas yigit bo‘lib qolish. Va, men qo‘rqmayman” dedi u.

Ayni vaqtda Navalniyga nisbatan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Endi u qo‘riqchilar kuzatuvi ostida harakatlanmoqda.