Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Naymanobodda zamonaviy sport zal mavjud. Uning eshiklari qishloq yoshlari uchun doimo ochiq

Joriy yilning 24 fevral kuni Zarnews.uz veb-saytida “Naymanoboddan nega chempionlar chiqmayapti?” nomli maqola e’lon qilindi.

Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Mehnatkash mahallasi Naymanobod qishlog‘ida sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha munosib shart-sharoitlarni yaratish masalasi atroflicha o‘rganib chiqildi.

Bugungi kunda Naymanobod qishlog‘ida 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qarashli, 2015 yilda qurilgan, 12x24 o‘lchamdagi, kerakli inventarlar bilan ta’minlangan zamonaviy sport zali va yordamchi xonalar qishloq yoshlariga tunu-kun xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Maktab ma’muriyatining ta’kidlashicha, o‘quv darslaridan tashqari vaqtlarda sport zal eshiklari qishloq yoshlari uchun doimo ochiq.

Mazkur sport zali bugun 20 dan ortiq sport jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, joriy yilning birinchi choragi yakuniga qadar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha sport jihozlari olib berilishi belgilandi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.