Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nega Samarqandda qat’iy karantin cheklovlari saqlanib qolmoqda?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

➖ Samarqandda karantin yana uzaytirilishi, cheklovlar saqlanib qolishi sababi nimada?

➖ Karantin choralari hech qaysi hududda bekor qilingani yo‘q. Faqat bosqichma-bosqich yumshatish choralari ko‘rilyapti.

Samarqandda yoki boshqa bir viloyatda kunlik kasallanishda bemor qayd etilgan taqdirda karantin choralari kuchaytiriladi.