Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Niqob tikishning ham qoidalari bor

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda niqob tikib, tarqatayotgan tikuvchilar va ular tikayotgan niqoblarning suratlari ko‘p berilmoqda. To‘g‘ri, aksariyati savob maqsadida niqobni bepul tarqatayotir. Ammo...

- Ayni paytda katta ehtiyojni hisobga olib, niqoblar tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilgan, - deydi “Eko planeta” tikuvchilik korxonasi rahbari Sayyora Salimova. - Ammo bu holat uni oddiy tikuvchilik buyumlari singari tikish mumkinligini anglatmaydi. Niqob tikayotgan tikuvchilarning o‘zlari ham albatta niqob taqqan, o‘sha xona dezinfeksiyalangan bo‘lishi lozim. Tikuvchining o‘zi ham sanitariya talablariga rioya etishi shart. Niqob bir qavati qalinroq va yana biri yupqa qavatli himoya matosidan tashkil topishi kerak.

Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda niqobsiz ishlayotgan, niqob tikayotgan ayollar suratiga ham ko‘zimiz tushmoqda. To‘g‘ri, niqob ayni kunda kishining eng muhim kundalik himoya vositasiga aylandi. Demak, unga ehtiyoj ham yuqoriligicha qoladi. Savob niyatida bu ishni bajarayotganlar ham zarur qoidalarga amal qilgan holda o‘z vazifasini bajarishini so‘raymiz.

G.MO‘MINOVA.