Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Noqonuniy “xo‘roz o‘yini”ni tashkil qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilninl 14 may kuni soat 14:30 larda, Andijon viloyati IIB JQB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Oltinko‘l tumani Uyg‘ur MFYda yashovchi fuqaro M.X qurilishi bitmagan yangi hovlisida karantin vaktida bir nechta fuqarolarni yig‘ib, tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy “xo‘roz o‘yini”ni tashkillashtirganligi aniqlandi.

Fuqarolar T.B., X.X., X.M., I.M. hamda Yu.J.lar o‘zaro og‘zaki tartibda 2.000.000 so‘mdan kelishib, pul yutish maqsadida xo‘rozlarini urishtirayotgan vaqtida ushlandi. Ishtirokchilarning yonida bo‘lgan jami 600.000 so‘m pullar hamda 2 dona “Dakan” xo‘rozlar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, tuman IIB ixtiyoriga olindi.

Surishtiruv davomida tashkilotchi M.X. har bir o‘yindan o‘rtaga tikilgan summadan ma’lum miqdorda ulush olganligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qildi Andijon viloyati IIB axborot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.