Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda tuzalish yo‘liga o‘tgan 4 nafar mahkum muddatidan ilgari jazoni o‘tashdan ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish normasi o‘z aksini topgan.

Ya’ni, ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan hamda jazoning belgilangan qismini o‘tagan mahkumlarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi ehtimoli mavjud.

Ushbu qonun talablari asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tumani sudi tomonidan tuman ichki ishlar organlari probatsiya hisobida turuvchi, ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan E.T., axloq tuzatish ishlari jazosi bo‘yicha sudlangan I.N. hamda muayyan huquqdan mahrum qilingan Z.S. va Sh.O. mahkumlar o‘rtasida o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgani, jazoning belgilangan qismini o‘taganlari sababli ularga insonparvarlik prinsipi qo‘llanilib, o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Nabi RAYIMOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tumani sudi raisi.