Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda xalqaro sertifikatga ega viloyatdagi yagona korxona faoliyat yuritmoqda

Samarqandlik jurnalist va blogerlar uchun bu galgi press-tur Nurobodda tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligidagi media rejaga asosan tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari dastlab tumanning Sazag‘on mahallasidagi “Tespask Investment”, “Oil Extraction”, “Maroqand Sement” korxonalari faoliyati bilan tanishishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi F.Zoyirov tuman salohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdi. Jumladan, Urgut erkin iqtisodiy zonasining Nurobod filialida 3 ta korxona ishga tushgan. Bir paytlar eksport haqida so‘z bo‘lmagan tumanda bu yil 5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ilgarigi beshta bog‘cha 15 taga aylangan. 15 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Rasmda ko‘rganingiz, polipropilen mahsulotlar shu iqtisodiy zonada ishlab chiqarilmoqda.

- 40 turdagi PET kapsulalari ishlab chiqaramiz, - deydi  “Oil Extraction” korxonasi rahbari Farmon Sharipov. - Ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonamiz viloyatda xalqaro sertifikatga ega yagona korxona hisoblanadi. Ayni paytda 40 nafar ishchimiz bor.

Hududda barpo etilgan bu korxonalarda sazag‘onlik, tepaqullik yoshlar mehnat qilmoqda.

Gulruh MO‘MINOVA.