Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodning Mehr qishlog‘i aholisi transport idoralarining mehriga muhtoj

Telegramdagi @zarafshonbot manzilimizga Nurobod tumani Chorvador mahallasi, Mehr qishlog‘i aholisi nomidan murojaat kelib tushdi. Unda jumladan, shunday deyiladi:
“Qishlog‘imiz tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kamida 800 kishi istiqomat qilayotgan aholimiz qishloqqa jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilmaganidan qiynalishmoqda.

Tuman markazi yoki boshqa shaharlarga chiqishda xalqimiz atigi bitta “taksi” xizmatidan foydalanadi. U ham bo‘lsa, 4-5 kishidan ortig‘ini ololmaydi. Shaharga biror tashvish bilan chiqqan kishi shu birgina yengil avtomashinani qishloqqa bir-necha marta borib-kelishini kutishga majbur.
Biz, talabalarning esa ayni sovuq kunlarda qishloqqa borishga yuragimiz bezillaydi.

Tuman, viloyat transport idoralari mutasaddilari qishlog‘imizga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishda yordam bermasmikan?

Nuriddin NORBOYEV,
Nurobod tumani Mehr qishlog‘i, SamDAQI talabasi".