Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Otalik burchini bajarmagan shaxs 15 sutka panjara ortida o‘tiradigan bo‘ldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor R.H.dan undiruvchi A.N.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgach, ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan va R.H.ning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli davlat idoralariga so‘rov xatlari yuborilgan. Biroq qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor R.H. bir necha marta ogohlantirilganiga qaramasdan 2019 yilning mart oyidan buyon to‘lamay kelayotgan aliment qarzdorligi holatiga 15 million 106 ming so‘mni tashkil etgan.

R.H. aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab, qochib yurganligi uchun unga nisbatan davlat ijrochisining qarori bilan qidiruv e’lon qilingan. Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan topib keltirilgan R.H.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar javobgarlik masalasini ko‘rishlik uchun Payariq tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan R.H. 15 sutka qamoq jazosiga tortildi.

 

Majburiy ijro byurosi Payariq tumani bo‘limi.