Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

Ayupov Shavkat Abdullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti rektori

Basitxanova Elmira Irkinovna - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari

Saidov Sirojiddin Saloxovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Sayfullayev Baxtiyor - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

Safoyev Sodiq Solixovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

Turdiyev Sodiqjon - O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Yuldashev Bexzod Sadikovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlansin.

O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti Sh.MIRZIYoYeV

Toshkent shahri, 

2020 yil 17 yanvar