Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi (foto)

Bugun Londonda “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva axborot berdi.

"Ushbu noyob nashr mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi boyliklarini ochib berishga mo‘ljallangan. Biz Assouline Publishing fransuz nashriyoti bilan hamkorlikda uni yaratish hamda chop etish borasida katta ishni amalga oshirdik.

Kitob muallifi — nashriyot asoschisi Yaffa Assulin. Suratlar dunyoga mashhur fotorassom Laziz Xamaniyga tegishli. Aynan shu ijodkorlarning nigohi bilan mushtariylar yurtimiz go‘zalligini, uning turfa xil tabiat manzaralari va o‘lkamiz xalqlari madaniyatini kashf etadi.

Mazkur kitobning har bir sahifasi nafisligi bilan Vatanimizga o‘ziga xos taklifnoma vazifasini bajaradi. Nashrni 20 mamlakatda sotib olish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi  Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shafeligida ushbu loyihani yaratish va uni amalga oshirishga hissasini qo‘shgan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz", deb yozgan Saida Mirziyoyeva telegram kanalida.