Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda 4617 kishi koronavirusga qarshi emlandi

Bu haqda bugun  Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Koronavirusga qarshi emlash jarayonini puxta rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini maxsus “Xavfsiz immunizatsiya” shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha vaksinatorlar ro‘yxati shakllantirildi. 2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha bilim saviyalarini oshirishga qaratilgan trening va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va "COVID-19" infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida 3-faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 5 ming nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan. Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, bugungi kunda Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ko‘ngillilarni tibbiy ko‘rikdan va skringdan o‘tkazish ishlari 2020 yilning 12 dekabridan boshlangan bo‘lib, 2021 yil 27 yanvariga qadar 9583 nafar ko‘ngilli tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazildi. shu vaqtga qadar 4617 nafar ko‘ngillida vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi.