Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda 846 bemor koronavirusdan davolanmoqda, 11 nafarining ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan fuqarolar soni 3 ming 769 nafarga yetdi. Ulardan 2 ming 908 nafari, ya’ni 77 foizdan ziyodi to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 846 bemor davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Keyingi paytlarda aholi orasida kasallikka chalinganlar aniqlanayotgani barchamizni sergak torttirishi kerak. Har birimiz ko‘chaga chiqqan paytda o‘zimizni ma’lum bir darajada xavf ostiga qo‘yamiz. Shunday ekan, zaruratsiz ko‘chaga chiqishdan o‘zingizni tiying.

Har birimizning harakatimizga bog‘liq holatda epidemik vaziyat ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgaradi. Agar aholi orasida kasallik qayd etilishi davom etsa, karantin va cheklov tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkin.