Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda yana 7 ta kompaniya turli avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida "UzAuto Motors" hamda yana 7 ta kompaniya tomonidan turli rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Bular:

- "Navoi-Motors" (Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil, traktorlar;

- "Manas avto-sanoat" (Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yuk mashinalari;

- "Namangan Shangan motors" (BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobillar;

- "ADM Jizzakh" (Koreya eksimbanki ishtirokida) — Lada, Kia, Renault;

- "Auto Motors Asia" (Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda) — krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar;

- "Abbos-Eko Agro" (Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari;

- "Hyundai Motor Uz Namangan" (Koreya kompaniyalari ishtirokida) — tijorat yuk avtomobillari.