Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistondagi qarindoshining to‘yida qatnashgan qozog‘istonlik ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qozog‘istonda O‘zbekistondagi to‘yda qatnashib qaytgan ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi deb, xabar berdi TengriNews nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, 1960 yilda tug‘ilgan ayol To‘rtkul (O‘zbekiston) tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshlarining to‘yida qatnashgan.

26 mart kuni esa 14 nafar qarindoshi bilan yashab turgan shahriga qaytgan.

27 mart kuni ushbu fuqarolarning hammasi karantinga olinib, Covid-19 koronavirusiga test olingan. Koronavirus infeksiyasi yuqorida aytilgan ayolda aniqlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 280 kishidan oshgan.