Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global omillar

Samarqand davlat universitetida ana shu mavzuda halqaro konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda Xitoy, Rossiya, AQSh, Italiya, Bolgariya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlardan 10 dan ortiq soha mutaxassislari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAJ) Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdi.

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘yicha katta maslahatchisi D.Kinlay, AQShning “VetVittles” kompaniyasi rahbari, akademik E.Gurman nutq so‘zladi.

200 nafarga yaqin mutaxassis va olimlar tomonidan oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalariga qaratilgan ma’ruzalari tinglandi. Mamlakatimizda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish, ehtiyoj katta bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini eksport qilishdagi to‘siqlar, nosog‘lom raqobat, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan import mahsulotlarining monopoliyalashtirilishi, buning oqibatida narx-navoning sun’iy oshirilishi, taqchillikning yuzaga kelishi kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Konferensiya faoliyatida oziq-ovqat havfsizligining milliy va xalqaro me’yorlari, mahsulotlarning sifati, qayta ishlash va ozuqalarning biologik qiymatini saqlash masalalari, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi va salomatlik strategiyasi, ilmiy asoslangan ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish muammolari ham o‘rtaga tashlandi.

Ishtirokchilar qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasini tomosha qildilar.

Anjumanning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

Gulchehra BERDIYoROVA.