Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Panjikent ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari bir haftada yakunlanadi

Bugun, 7 iyul kuni Zarnews.uz telegram kanalida Samarqand shahridagi Panjikent ko‘chasi chorrahasi (ovoщnaya baza) yo‘li kovlanib, yuqori kuchlanishli kabel o‘tkazish ishlari chala holicha tashlab qo‘yilgani, yo‘l asfalt qilinmaganligi oqibatida bir oydan buyon doimiy tirbandlik yuzaga kelayotgani xususida murojaat e’lon qilingandi.

Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi “Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand shahrida yuklama bilan ishlayotgan fiderlarning yuklamasini kamaytirish maqsadida Sadriddin Ayniy, Qavola, Namozgoh mahallalarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 35/10 kVli yangi podstansiya qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu podstansiyaning yuqori kuchlanishli 35 kVli kabel elektr uzatish tarmog‘i uchun Pulimug‘ob mahallasi Panjikent ko‘chasidagi 110/35/10/6 kVli “Afrosiyob” podstansiyasidan 4,9 kilometr uzunlikda yangi kurilayotgan Namozgoh podstansiyasigacha kabel tarmoqlari yotqizildi.

Hozirgi kunda yer qazish ishlari jarayonida buzilgan asfalt qoplamasini qayta tiklash uchun “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ tomonidan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari jadal olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari joriy yilning 15 iyuliga qadar yakunlanadi.

"Samarqand HETK" AJ matbuot xizmati.