Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pastdarg‘omlik pillakorlar viloyatda birinchi bo‘lib pilla topshirish shartnoma rejasini bajardi

Bahorgi mavsumda tumanda 4547 quti ipak qurti parvarishlab, 250 tonna pilla yetishtirishni rejalashtirgan pastdarg‘omlik pillakorlar va’dasining ustidan chiqdi.

Ular 250 tonna o‘rniga 255,5 tonna "kumush tola" topshirib, rejani 102 foizga uddaladi.

– Tuman pillakorlari har bir quti ipak kurtidan 60-62 kilogramdan hosil oldi va shuning hisobidan yana 20 tonna pilla topshirishmoqchi, – deydi Samarqand viloyati hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Yodgor Jo‘rayev.