Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqning olis hududlarida ko‘chma savdo do‘konlari ish boshladi

Payariq tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va davlat soliq inspeksiyasi hamkorligida tumanning olis hududlari uchun 10 ta avtomobildan iborat ko‘chma savdo do‘konlari tashkil qilindi.

Ushbu do‘konlarda 15 tonnadan ziyod turli xil oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polvonariq, Sho‘rtepa, Taraqqiyot, Do‘stlik, Juvozxona va boshqa olis hududlardagi mahallalar fuqarolari arzon narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Buning uchun ko‘chma savdo do‘konlari egalariga alohida ruxsatnomalar tarqatilib, avtotransport vositalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilda va bugun ertalab "do‘konlar" hududlarga yo‘l oldi.

Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.