Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pentagon rahbari AQSh ittifoqchilarini Rossiya bilan agressiv raqobatlashishga chaqirdi

AQSh va uning ittifoqdoshlari dunyoning barcha burchagida Rossiya bilan agressiv raqobat olib borishi va eng yomoniga tayyor turishi kerak. Bu haqda 20 oktyabr kuni Pentagon rahbari Mark Esper ta’kidladi.

“Bu dunyoning kuchli davlatlari raqobati ekan, demak, u global ahamiyatga ega. Biz Rossiya va Xitoy Afrika, Amerika Yaqin Sharq, Arktika va Antarktika hududlarida qanday harakatlar amalga oshirayotganini ko‘rib turibmiz. Biz barchamiz raqobatlashishimiz lozim, agressiv raqobat olib borishimiz zarur. Agar qaytarish foyda bermasa, biz eng yomoniga tayyor turishimiz kerak”, dedi u Atlantik kengashda qilgan chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq ittifoq qulaganidan so‘ng hech kim qudrati oshib borayotgan Rossiya bilan hisoblashish kerakligini kutmagan. Shu bilan birga Esper tushunmovchiliklarning oldini olish uchun Rossiya va Xitoy balan aloqalarni saqlash zarurligini ta’kidladi.

“Biz ushbu davlatlarning hech biri bilan ziddiyatga borishni istamaymiz. Biz Xitoyni cheklashga intilmaymiz. Biz o‘n yillab foyda keltirgan xalqaro qoidalar, tartib va ma’yorlar asosida barqaror o‘sish bo‘lishini xohlaymiz. Ayni vaqtda mazkur ikki davlat ularni muntazam ravishda buzib kelmoqda. Biz ushbu tizimni himoya qilishimiz kerak”, dedi Esper.