Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Pitomnik”ning o‘zbekchasi parvarishxona bo‘ladimi?

O‘zbek tilida bugun dunyo bo‘yicha 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi. Xorijda ham uning nufuzi va targ‘ibotchilari ko‘paymoqda. Hozirgi kunda AQShning 14, Turkiyaning 19, Janubiy Koreyaning 3, Hindistonning 2 ta nufuzli oliy o‘quv yurtida o‘zbek tili xorijiy til sifatida jiddiy o‘rganilmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ham davlat tili qoidalariga to‘la amal qilgan holda ish yuritmoqda. Ko‘plab millat vakillari faoliyat yuritayotgan qo‘mitada deyarli barcha xodimlar davlat tilida ish yuritishni biladi. Tizimdagi barcha majlislar, yig‘ilishlar, tadbirlar davlat tilida ochiqlik va oshkoralik bilan o‘tkaziladi. Hujjatlar davlat tilida ishlab chiqiladi, tayyorlanadi va qabul qilinadi. Ekolog olimlar, tabiatshunoslar, tilshunoslar, huquqshunoslar, jurnalistlar va yozuvchi-shoirlar bilan yaqin hamkorlikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid qonunlarni, atamalarni, jumladan, chetdan o‘zlashtirilayotgan terminlarni davlat tili nuqtai nazaridan yanada takomillashtirish, ularning o‘zbekcha muqobillarini topish, yaratish va amaliyotga joriy etish borasidagi izlanishlar olib boriladi.

Misol uchun, ekologiyaga oid qonunlarimizda “pitomnik” atamasi ishlatiladi va bu o‘simliklar yoki jonivorlarni parvarishlaydigan joy, muassasa ma’nosini beradi. Mutaxassislar bilan maslahatlashib bu so‘zni parvarishxona deb atagan ma’qul degan xulosaga keldik. Albatta, bu bir taklif.

Sultonmurod TOShIMOV,

Sherali ISKANDAROV.