Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Poytaxt bozorlariga 890 tonna mahsulot yetkaziladi

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida respublikamizdagi dehqon bozorlarida fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarkasi tashkil etish an’anaga aylangan.

Viloyatimiz fermer xo‘jaliklari ham Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahri “Yunusobod dehqon bozori”da arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etishdi.

15-25 mart kunlariga mo‘ljallangan yarmarkaga viloyatimiz fermer xo‘jaliklari tomonidan go‘sht, kartoshka, piyoz, poliz-sabzavot va mevalardan 890 tonna mahsulot yetkazilishi rejalashtirilgan.