Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pul bo‘lmasa, nega va’da berasiz?

“Mikrokreditbank” Paxtachi tumani filiali rahbari Farxod Kenjayevga

 

Farxod Bobomurodovich!

Yil boshida talabalarga to‘lov shartnomasi beramiz, deb ovoza qildilaringiz. Men ham 15 sentyabrda 10 million 800 ming so‘m olish uchun ariza berdim, tegishli hujjatlarni topshirdim.

Mana, bir oydan ko‘p vaqt o‘tdi, o‘zim, buvim deyarli har kuni bankka boramiz. Bir tomondan o‘qish joyimdan qistalang qilishadi. Odamlaringiz avvaliga “Ertaga keling”, deb turishdi. Keyinchalik, “Bankda pul yo‘q, Toshkent bu kreditga mablag‘ bermayapti”, deyishdi. Sizga, viloyat rahbaringizga murojaatimiz ham va’dadan nariga o‘tmayapti.

Men tushunmayapman, pul bo‘lmasa, nega va’da berasiz? Nega Samarqandga, Toshkentga borib arz qilmaysiz? Yoki sizning vazifangiz Toshkentdan keladigan mablag‘ni bo‘lib berishmi?”.

Durdona TEMIROVA,

Paxtachi tumani.