Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qanday talab qo‘yilgan?

Qirg‘iziston hukumatining qaroriga ko‘ra, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari taqdim etilgandan so‘ng Qirg‘izistonga uchadigan samolyot bortiga chiqishga ruxsat etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘iziston chegarasini avtomashinalarni o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tishda so‘nggi 120 soat ichida o‘tkazilgan COVID-19 uchun PZR testining manfiy natijalarini taqdim etishi shart.

Tegishli test natijasining talab qilingan muddati ob’yektiv sabablarga ko‘ra, tugagan taqdirda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar borgan joyida PZR testidan o‘tishi kerak bo‘ladi. PZR test natijalari bo‘lmagan taqdirda yoki koronavirusning klinik alomatlari mavjud bo‘lganda Qirg‘iziston hududiga kirish taqiqlanadi.

Vazirlik Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga buni inobatga olishni tavsiya qilgan.