Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda «Yoshlar mehnat guzari» qachon quriladi?

-“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tuman va shaharlarda “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilmoqda. Biz yashayotgan tumanda qachon tashkil etiladi?

D. ERNAZAROV,

Qo‘shrabot tumani.

- “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tuman va shaharlarda 64 ta “Yoshlar mehnat guzar”lari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Ya’ni, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida 2 tadan, Samarqand tumanida 1 ta, Toyloq, Nurobod va Oqdaryo tumanlarida 2 tadan, Past Darg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida 3 tadan, Jomboyda 4 ta, Bulung‘ur va Qo‘shrabot tumanlarida 5 tadan, Ishtixonda 6 ta, Urgut tumanida 7 ta, Narpay va Payariq tumanlarida 10 tadan, “Yoshlar mehnat guzar”lari quriladi. Bugungi kunda Narpay tumanida 3 ta, Ishtixon tumanida 2 ta, Bulung‘ur, Jomboy, Payariq, Urgut, Nurobod tumanlarida 1 tadan jami 10 ta majmua faoliyat olib bormoqda. Buning natijasida 110 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan.

Qo‘shrabot tumanida 5 ta “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun hozirgi kunda Buloqboshi va Boyto‘p mahallalarida 1 tadan, Zarkent mahallasida esa 2 ta bino qurilmoqda. Ularning barchasi 2020 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Savolga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot kotibi Shahnoza XOLIQOVA javob berdi.