Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada vafot etganlarning jasadi olib kelindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yilning 18 fevral kuni Rossiyaning Krasnodar shahridagi qurilish ob’yektlaridan birida O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib tushib vafot etganligi hamda 19 fevral kuni Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yana bir yurtdoshimiz halok bo‘lganligi  haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq huquqiy-tashkiliy masalalar olib borilayotgani ma’lum qilingan edi.

Kecha, 26 fevral kuni vafot etganlarning jasadi “Krasnodar – Toshkent” aviareysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etish lozimki, Krasnodar shahrida vafot etgan fuqaroning ixtiyoriy tibbiy sug‘urtasi mavjud bo‘lgan va mazkur sug‘urta polisida jasadni vatanga qaytarish ham sug‘urtalangani sababli marhumning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilgan.