Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimining QARORI

“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarish uchun yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qarori  hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 02/1-2631-sonli topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat moliya bosh boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi hamda yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining tavsiyalarini inobatga olib, QAROR QILAMAN:

1. Viloyat moliya bosh boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarish uchun yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Shahar va tumanlar hokimliklari:

 viloyat qurilish bosh boshqarmasi (B.Nazarov), yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (S.Hakimov) bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini ta’minlasin.

3. Viloyat investitsiyalar   va   tashqi   savdo  boshqarmasi  (F.Majidov), davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi (S.Maxmaraimov)ga yer uchastkasiga bo‘lgan huquq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan sotilgan taqdirda, ushbu investitsion majburiyatlarning bajarilishi monitoringini olib borish vazifalari yuklatilsin.

4. Viloyat hokimligi matbuot kotibi axborot xizmati rahbari (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.

5. Viloyat hokimining 2019 yil 29 yanvardagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib bo‘sh yer uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich bahosini tasdiqlash haqida”gi 40-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining
o‘rinbosarlari J.O‘roqov, A.Shukurov, O.Xodjayev, B.Nurullayev zimmasiga yuklatilsin.

6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Viloyat hokimi                E.TURDIMOV

2020 yil 25 fevral,

№28-Q

            Viloyat hokimining
 2020 yil 25 fevraldagi
 28-Q-sonli qaroriga
ilova 
“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarish uchun yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati
Hudud nomi Bo‘sh - yer uchastkasi maydoni (ga) Yer uchastkasidan domiy foydalanish huquqining minimal qiymati (so‘mda) Shundan
Bir yillik soliq summasi "Davergeodezkadastr" qo‘mitasining hududiy bo‘limlarining yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati (so‘mda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20 dekabrdagi 1023-son qarori Nizomining 7 - bandida nazarda tutilgan ishlarning qiymati 
1 2 3 4 5 6 7
1 Samarqand shahar 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 2 071 411 287 411 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 3 444 055 1 437 055 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 5 104 110 2 874 110 892 000

1 gektar bo‘lganda

31 194 121 28 741 121 1 115 000
2 Kattaqo‘rg‘on shahar 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 956 238 172 238 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 868 190 861 190 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 952 380 1 722 380 892 000
1 gektar bo‘lganda 19 676 806 17 223 806 1 115 000
3 Oqdaryo tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000
4 Bulung‘ur tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000
5 Jomboy tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000
6 Ishtixon tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000
7 Kattaqo‘rg‘on tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000
8 Qo‘shrabot tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000
9 *Narpay tumani 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmagan 1 931 003 147 003 446 000 Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun - eng kam bazaviy hisoblashning to‘rt baravari; yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun - eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (1 338 000 so‘m)
0,01 gektardan 0,05 gektargacha 2 742 015 735 015 669 000
0,05 gektardan 0,1 gektargacha 3 700 030 1 470 030 892 000
1 gektar bo‘lganda 17 153 314 14 700 314 1 115 000