Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri hududi kengaytiriladi, Surxondaryoda yangi tuman tashkil etiladi

Ayni paytda Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda ikkita viloyat hududlari bo‘yicha o‘zgartirish kiritish masalasi ham muhokama qilinadi. Ulardan biri Samarqand shahri hududining kengaytirilishidir. Buning uchun Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar yer maydoni viloyat markazi tarkibiga o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryoda Bandixon tumanini qayta tiklanadi. Buning uchun Qiziriq tumani hududidagi 18 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (umumiy yer maydoni 20,53 gektar) hamda Boysun tumanining Sayrob va G‘ayrat massivlari (umumiy yer maydoni 17,36 gektar) qayta tiklanayotgan Bandixon tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.