Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi Qorasuv massivida bo‘lib o‘tgan urishish yuzasidan ma’lumot

Bugun, 6 noyabr kuni Samarqand shahridagi Qorasuv massivi, Obod maskan mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan Turkiya davlati va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qurilish maydoni hovlisida o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashgan.

Urishish sabab 3 nafar Turkiya va 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati.