Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi muammolar yechimida kamarbasta bo‘lmoqda

Bunda hududdagi mahallalar bilan yaqin aloqa yo‘lga qo‘yilib, mavjud muammolar tuman tashkilotlari va tegishliligi bo‘yicha viloyat boshqarmalari bilan birgalikda hal etilmoqda.

Misol uchun, 2019 yil iyulda tumandagi Yangiobod va Navobod mahallasi hududida ichimlik suvi taminoti bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman “Suvoqava” tashkilotiga chiqish xati taqdim etilib, dasturga kiritish asosida muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish ta’kidlangan.

Avgust oyida O‘zbekkenti, Mironqul va Chaqqa mahallalarida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, Mironqul mahallasida ichimlik suvi ta’minotidagi ishlar tugatildi. Qolgan mahallalar bo‘ycha ishlar davom etmoqda. Uzoq hududdagi Ilonsoy aholi punktida 224 metr chuqurlikdan suv chiqarishga erishildi.

Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi asosida Mironqul, Gulobod va Pulimug‘ob mahallalari uchun 200 ga yaqin elektr ustunlari ajratildi.

Noyabr oyida tizimdagi muammolarni kamaytirish maqsadida Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yuqori Chordara mahallasida 19 nafar shaxslar tomonidan 2,88 gektar issiqxonalarning 500 millimetr o‘lchamdagi gaz quvuri orqali yuqori bosimli gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulangani aniqlandi.

I.MURODOV,

Samarqand tumani Xalq qabulxonasi mudiri.