Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati davlat soliq idorlarining “Ishonch telefon”lariga 196 ta murojaat kelib tushdi

Sohada mavjud muammo va kamchiliklar, yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarning oldini olishda, soliq to‘lovchilar huquq va manfaatlarining ta’minlanishida, taklif va tavsiyalarni o‘rganishda “Ishonch telefon”lari muhim ahamiyat kasb etyapti. Zero, “Ishonch telefon”lari xalq bilan muloqotning ta’sirchan va samarali usullaridan biri ekanini ta’kidlash lozim.

Joriy yilning o‘tgan davrida Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefon”lariga 196 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 192 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan bo‘lsa, 4 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Ishonch telefon”lariga kelib tushayotgan murojaatlarda qanday masalalar o‘z aksini topmoqda? Masalan, 39 nafar fuqaro bank terminalini ishlatish holatlari bo‘yicha murojaat etgan.

Bugun har bir xarid uchun chek talab qilish, umuman, yurtdoshlarimizning savdo madaniyatini yuksaltirish, bu orqali xufiyona iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Xarid jarayonida nazorat-kassa mashinasi chekini bermaslik yuzasidan “Ishonch telefon”lariga 69 marotaba qo‘ng‘iroq qilingan. Bundan tashqari, 84 ta murojaat boshqa holatlar bo‘yicha kelib tushgan.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.