Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimligi hokim maslahatchisining vazifasidan ozod etilishi sababini ma’lum qildi

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

Jumladan unda quyidagilar bildirilgan:

Samarqand viloyati hokimining shu yil 19 maydagi qarori bilan Turdialiyeva Taxmina Husanovna viloyat hokimining arxitektura va qurilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasidan ozod etildi.

Ushbu qarorning qabul qilinishiga Taxmina Husanovnaning oilaviy sharoiti sabab o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etishni so‘rab yozgan arizasi asos bo‘ldi.

Viloyat hokimligi Taxmina Turdialiyeva qisqa fursatdagi faoliyati davomida viloyatda soha rivoji yo‘lida olib borgan ishlari, bildirgan taklif, g‘oya va maslahatlarini qadrlashini ma’lum qilgan holda, o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Shuningdek, Taxmina Husanovnaning kelgusidagi faoliyatiga omad va zafar yor bo‘lishini tilaydi.