Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining QARORI

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 6, va 9-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi qoshidagi Respublika toponimika komissiyasining
2020 yil 20 maydagi va 23 iyundagi ekspertiza xulosalari hamda Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilish bayonnomasini inobatga olib,
xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VI chaqiriq XX sessiyasi QAROR  QILADI:

1. Samarqand viloyatining Nurobod, Narpay, Payariq va Past Darg‘om tumanlaridagi nomlari o‘zgartirilayotgan aholi punktlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev) viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev), “Ovozi Samarqand” gazetasi (B.Rahmonov) mazkur qarorni o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.

3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.

 

Kengash raisi                       E. Turdimov

2020 yil 29 dekabr

№ 137/20

 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020 yil 29 dekabrdagi 137/20-sonli qaroriga ILOVA

Nurobod, Narpay, Payariq va Past Darg‘om tumanlarida o‘zgartirilayotgan aholi punktlari nomlari